Qozog‘istonga aql o‘rgatgan rossiyalik jurnalistga chora ko‘rildi

Rossiyalik jurnalist, TNT telekanali direktori Tina Kandelakining Qozog‘istonga kirishi taqiqlandi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov ma’lum qildi.
«Zarur hollarda albatta tegishli choralar ko‘riladi... Ehtimol, u Qozog‘istonga kelmoqchi emasdir, ammo kelsa (mamlakatimizga) kiritilmaydi», – degan rasmiy mulozim.
Avval xabar berganimizdek, Qozog‘istonda temir yo‘l stansiyalarining ruscha nomi qozoqchaga o‘zgartirilishidan norozi bo‘lgan T.Kandelaki mamlakatda rus tilini siqib chiqarishga urinish bo‘layotganini iddao qilgan edi.
Tabiiyki, rossiyalik jurnalistning aql o‘rgatishi va mamlakat ichki ishlariga aralashishi Qozog‘iston jamoatchiligining keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Ammo shunda ham aqlini yig‘magan jurnalist qozog‘istonliklarni manqurtga o‘xshatdi.
Rasmiy Ostona Kreml propagandachilarning axboriy xurujlariga keskin javob qaytarib kelmoqda. Masalan, 2022 yilda Qozog‘iston sha’niga nojo‘ya gaplar aytgan boshqa bir rossiyalik jurnalist Tigran Keosayan ham istalmagan shaxslar ro‘yxatiga tirkalgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter