Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonga noqonuniy kirganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi

Qozog‘istonga noqonuniy kirganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi

O‘zbekistonning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasi O‘zbekiston – Qozog‘iston – Rossiya Federatsiyasi yo‘nalishida harakatlanayotgan o‘zbekistonliklarni qo‘shni davlat hududiga kirayotganda qonuniy yo‘llardan foydalanishlari haqida ogohlantirmoqda.

«So‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinish holatlari qayd etilgan. Qozog‘iston Respublikasi vakolatli idoralar ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar qo‘lga olingan va jinoyat kodeksining 392 va 394 moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan», – deyiladi rasmiy ogohlantiruvda.

Qayd etilishicha, joriy yilning sentyabr oyidan Qozog‘istonda chegara buzilishi holatlari uchun qattiq jazo belgilangan bo‘lib, uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etish kiritilgan.

«Hurmatli fuqarolar, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish yoki bunday harakatga urinish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Sizni davlat chegarasidan o‘tish tartibini qat’iy saqlashga va noqonuniy sxemalarda ishtirok etmaslikka da’vat qilamiz», – deb yozadi O‘zbekistonning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring