Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri 24 yilga qamaldi

Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri 24 yilga qamaldi

Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Quvandiq Bishimbayev rafiqasini o‘ldirganlikda ayblanib, 24 yilga qamaldi.

Ostonadagi hakamlar hay’ati Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Kuvandiq Bishimbayevni rafiqasi Saltanat Nukenovani o‘ldirishda aybdor deb topdi. U 24 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

8 may kuni sud jarayonida Bishimbayev va ish bo‘yicha ikkinchi ayblanuvchi Baxitjan Bayjanov so‘nggi so‘zlarini aytdi. Ikkala ayblanuvchi ham tayyorlangan nutqni o‘qib eshittirdi. Baxitjan Bayjanov qotillikni yashirishda ayblanib, 4 yilga hukm qilindi. 

Bishimbayevning ta’kidlashicha, u Nukenovaning o‘lishini istamagan va o‘sha oqshom voqealarining «bunday oqibatini kutmagan».

«Men aybdorman, lekin qasddan qotillikda emasman. Hibsga olinganimning birinchi daqiqasidanoq men o‘sha kunning holatlari to‘g‘risida haqiqatni aytdim, garchi menda barcha imkoniyatlar bo‘lsada, yashirinishga va javobgarlikdan qochishga urinmadim», — dedi sobiq Iqtisodiyot vaziri.

Bishimbayev va Nukenova voqeasi qozoq mediasida so‘nggi vaqtlarda eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan voqea sanaladi. Sobiq vazir 2023-yil noyabrda qo‘lga olingan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring