Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekistonda quruq va issiq havo kuzatiladi

Bugun O‘zbekistonda quruq va issiq havo kuzatiladi

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatining ayrim joylarida va kunning ikkinchi yarmida Navoiy viloyatining ba’zi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda va cho‘l hududlarda 42-44° gacha bo‘ladi.
 
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38° bo‘ladi.
 
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring