Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rafinya: Xavi menga ishonmagan

Rafinya: Xavi menga ishonmagan

«Barselona»ning braziliyalik hujumchisi Rafinya Dias sobiq bosh murabbiy Xavi Ernandes bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, murabbiylar shtabi unga ishonch bildirmagan va bu holatni bir necha bor muhokama qilganiga qaramay, vaziyat o‘zgarmagan.

«Jamoada o‘ynaydigan odam qolmasa, men maydonga tushib, bor kuchim bilan harakat qilardim. «Barselona» g‘alaba qozonardi. Ammo kimdir sog‘aysa, Xavi bir zumda meni zaxiraga o‘tkazardi», – dedi Rafinya.

Ma’lumot uchun, Rafinya joriy mavsum «Barselona» safida 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 22 ta golli pas berdi. Shuningdek, u 2025 yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring