Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rahbarlarni jamoat transportiga o‘tqazishmoqchi

Rahbarlarni jamoat transportiga o‘tqazishmoqchi

Foto: Vedomosti

Rossiyada amaldorlarga jamoat transportida yurish majburiyatini yuklovchi qonun loyihasi ko‘rib chiqilyapti. «Novie lyudi» («Yangi odamlar») fraksiyasi Dumaga kiritgan qonun loyihasida barcha darajadagi hukumat organlari rahbarlari va parlament deputatlari uchun haftasiga ikki marta «Avtomobilsiz kun» joriy etish taklif qilinmoqda.

Ushbu tashabbus muallifi — deputat Vladimir Plyakin. «Avtomobilsiz kun» sanalari va tartibi hukumat a’zolari tomonidan belgilanishi mumkin. Mualliflar yangi qonun amaldorlarga o‘z hududlaridagi jamoat transportidagi (va boshqa) muammolarni yaxshiroq tushunishda yordam berishiga umid qilishmoqda.

«Rahbarlar o‘rnak ko‘rsatsa, boshqalar ham shaxsiy avtomobillaridan kamroq foydalanib, jamoat transportiga o‘tishlari mumkin. Natijada yo‘llarimiz ochiq, havomiz musaffo bo‘ladi», — deyiladi qonun loyihasiga yozilgan izohda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring