Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramazon hayiti munosabati bilan 5 kunlik dam olish beriladi

Ramazon hayiti munosabati bilan 5 kunlik dam olish beriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm sohasini yanada rivojlantirish, ichki turizm bozorini kengaytirish, turizm ob’yektlarini ko‘paytirish hamda muzeylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

«Joriy yilda Navro‘z bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangani, 250 ta mehmonxona va muzeylar aholiga chegirma bergani, ziyorat ob’yektlari bepul qilingani ichki turizm uchun katta turtki berdi.

Bu orqali Buxoro va Samarqandga qo‘shimcha 110 ming mahalliy turistlar bordi.

Kelgusi haftada Ramazon hayiti munosabati bilan ham aholimizga yana 5 kunlik dam olish beriladi.

Bu hududlarda ichki turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat.

Endi ushbu ishlarni faqat bayramlar arafasida emas, balki yil davomida tizimli ravishda tashkil etish bo‘yicha yangi tartibni joriy etamiz», dedi Prezident.

Jumladan, 2022 yildan boshlab barcha davlat tashkilotlari xodimlari uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish xarajatlarining 20 foizini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring