Ramzan Qodirov iste’foga ketishi haqida gapirdi: nimalar ma’lum?

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov lavozimini tark etishi haqida gapirdi va bunga izoh berdi. Telegramdagi kanalida u o‘z pozitsiyasi bo‘yicha yakuniy qarorni faqat Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabul qilishini ta’kidladi.
“Men piyoda askarman va jamoadoshman. Topshiriq bo‘lsa, men uni bajaraman”, deb yozgan Qodirov va u iste’foga chiqishni faqat “so‘rashi yoki taklif qilishi” mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Seshanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda Qodirov shunday dedi: "Men o‘zim lavozimimdan ozod etilishini so‘rayman. Umid qilamanki, iltimosim qo‘llab-quvvatlanadi". Biroq u aynan kimga murojaat qilganiga aniqlik kiritmadi.
Qodirov respublikaning keyingi rahbari yangi tashabbuslar bilan chiqishlariga ishonch bildirdi.
"U o‘tmishdan nusxa ko‘chirmasdan, Chechenistonning rivojlanishi haqida o‘z qarashiga ega bo‘lishi kerak", dedi mintaqa rahbari.
Aprel oyida Ramzan Qodirovning voyaga etmagan o‘g‘li Adam Qodirov Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egallagan edi. Rasmiylar bu borada hech qanday rasmiy bayonot bermadi, biroq respublika rahbarining 17 yoshli merosxo‘rining ismi departament veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Checheniston Xavfsizlik kengashining avvalgi kotibi Ramzan Qodirovning jiyani Hamzat Qodirov edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter