Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli hukumat markazi direktori raqamlashtirishning afzallik jihatiga misol keltirdi

Raqamli hukumat markazi direktori raqamlashtirishning afzallik jihatiga misol keltirdi

AKT sohasida loyihalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ekspert komissiyasi faoliyati to‘liq raqamlashtirildi. Bu haqda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muhitdinov ma’lum qildi.

«AKT sohasida loyihalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ekspert komissiyasi faoliyatini to‘liq raqamlashtirganimiz hisobiga, texnik topshiriqlar bo‘yicha xulosalarni berish vaqti bir necha barobarga qisqardi.

Avval komissiya a’zolarining har biridan imzo yig‘ib chiqish talab etilgan. Agar komissiya a’zosi xizmat safarida bo‘lsa, uning imzosisiz hujjat rasmiylashtirilmas edi.

Bugun hujjat topshirishdan boshlab xulosa olishgacha bo‘lgan jarayonni murojaatchi bemalol kuzatib borishi mumkin», deb yozadi markaz direktori o‘zining facebookdagi sahifasida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring