Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqobat qo‘mitasi Trend brendini jarimaga tortdi

Raqobat qo‘mitasi Trend brendini jarimaga tortdi

Foto: Spot

Raqobat qo‘mitasi Trend pista ishlab chiqaruvchisini jarimaga tortdi. 

Raqobat qo‘mitasiga MEGA brendi ostida ishlab chiqarilayotgan pista mahsuloti ishlab chiqaruvchisi murojaat qilib, TREND brendi ostida ishlab chiqarilayotgan pista mahsuloti ishlab chiqaruvchisi tomonidan insofsiz raqobat va nomaqbul (noto‘g‘ri) reklamaga yo‘l qo‘yilganligini ma’lum qilgan.

Murojaatda qayd etilishicha, TREND brendining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirilgan reklama roliklarida mazkur mahsulotning MEGA brendi mahsulotidan ustunligi haqida tasavvur hosil qiluvchi ifodalardan foydalanilgan.

Shuningdek, reklamada MEGA brendini obro‘sizlantirishga olib keluvchi lavhalar qo‘llanilgani hamda mazkur holat ishlab chiqaruvchining ishchanlik obro‘siga zarar yetkazgani bildirilgan.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi Qonuni 16-moddasiga muvofiq, nomaqbul (noto‘g‘ri) reklamaga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan «OZIQ OVQAT STANDART KARTON» MChJga (TREND brendi) nisbatan «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, uning nomaqbul (noto‘g‘ri) reklamaga yo‘l qo‘ygani e’tirof etildi.

Natijada jamiyatga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llanilib, qonunbuzilish holatini bartaraf etish hamda kelgusida takrorlamaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, ushbu ish doirasida «Reklama to‘g‘risida»gi qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yib, tarmoqlarga aksilreklama materiallarini joylashtirgan bloger (fuqaro Abdurahmon Fazilov)ga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralarini belgilash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida. Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon Qo‘mitaning Apellyasiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring