Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! «Haj-2022» mavsumi uchun to‘lov miqdori oshdi

Rasman! «Haj-2022» mavsumi uchun to‘lov miqdori oshdi

«Haj-2022» mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 million 900 ming so‘m etib belgilandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati rahbari Ilhom Ma’rupov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, narxlarning oshishiga Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy qilingan, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgani sabab bo‘lgan.

Haj amallarini tashkil etuvchi muassasalarning xizmatlariga 2022 yilda yangi majburiy to‘lovlar joriy etilgan. Shu bois dunyo mamlakatlari uchun haj xizmatlari narxi o‘rtacha 40-45 foizga ko‘tarilgan.

Yana bir muhim yangilik — bu yil O‘zbekistondan 10 865 kishi haj safariga boradi. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 7 200 nafar edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring