Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Belarusda bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 8-9 iyul kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Minsk shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Tomonlar O‘zbekiston – Belarus ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqadi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, farmatsevtika, yengil sanoat, oziq-ovqat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiyani rivojlantirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.
Madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Sammit yakunida ustuvor yo‘nalishlarga doir ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.
Tashrif arafasida Minsk shahrida ikki mamlakat hududlari delegatsiyalari va ishbilarmon doiralari ishtirokida uchinchi Hududlararo forum ham bo‘lib o‘tadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter