Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ravon»da konditsioner va pechka qanday ishlaydi? (infografika)

«Ravon»da konditsioner va pechka qanday ishlaydi? (infografika)

Foto: «Ravon2.ru»

Ko‘pchilik insonlarni «Ravon» avtomobillari: «Gentra», «R2» («Spark»), «R3» («Nexia-3»), «R4» («Cobalt»)da konditsioner va pechkalar qanday ishlashi qiziqtiradi. Haqiqatan ham, bu mashinalar saloni yozda qanchalik salqin va qishda issiq bo‘ladi?

«Ravon» mashinalarida konditsionerning ish sifati

Albatta, konditsionerning quvvati va ish sifati motorning quvvati, dvigatel oboroti, freon sifati va hatto kuzovning rangiga ham bog‘liq. To‘g‘rida, oftob tig‘ida qizib ketgan qora mashinani, masalan, oq ranglisidan ko‘ra, sovitish birmuncha qiyin.

Mashinalarga, ularning salonidagi haydovchi va yo‘lovchilar o‘zlarini qulay his etishlari uchun, konditsionerdan sovuq havoni, pechkadan issiq havoni ichkariga purkovchi kuchli ventilyatorlar o‘rnatilgan.

Ventilyatorning tezligi*:

• «Gentra» — 590 kub metr/soat
• «R4» — 450 kub metr/soat
• «R3» — 450 kub metr/soat
• «R2» — 324 kub metr/soat

Pechka qanday ishlaydi?

Bu mashinalarni xarid qilganlarning fikrlariga quloq tutadigan bo‘lsak, pechkaning ishlashi, umuman olganda, chakki emas. Havo harorati -30 daraja va undan past bo‘lganda ham mashina ichi issiq bo‘lishini rossiyalik foydalanuvchilar ma’lum qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring