Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rishi Sunak — Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri...

Rishi Sunak — Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri...

Sobiq moliya vaziri Rishi Sunak — Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lish uchun yagona nomzod. Uning birgina raqibi, Jamoalar palatasi lideri Penni Mordont saylovdan nomzodini qaytarib olganidan so‘ng shunday vaziyat yuzaga keldi. Sunak hukmron Konservativ partiya yetakchisi, deb e’lon qilindi, tez orada u hukumat rahbari sifatida tanishtirilishi kutilmoqda.

Rishi Sunak 1980-yili Sautgemptonda tug‘ilgan, otasi — shifokor, onasi — farmatsevt. Ota-onasi Britaniyaga Sharqiy Afrikadan 1970-yillarda ko‘chib kelgan panjoblik hindlarning avlodlari.

Sky News yozishicha, Rishi Sunakning bosh vazir bo‘lish imkoniyatlarini bukmekerlar 95 foiz deya baholashayotgandi. Nomzodini bosh vazirlikka surarkan, Sunak Buyuk Britaniya to‘qnashgan yangi iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun o‘z rejasi borligini ta’kidladi.

Shu yilning iyul oyida, Boris Jonson iste’foga chiqqanidan so‘ng o‘tkazilgan saylovda, Sunak va Liz Trass o‘rtasida hukumat rahbarligi uchun kurash kechgan, konservatorlarning 81 326 ovozini to‘plagan Trass bosh vazir bo‘lgan, Sunak esa 60 399 ovoz bilan qolib ketgandi.

«Qo‘mita 1922» partiya rahbarlik organi boshqoni Grem Breydi Konservativ partiya va hukumat rahbarligi uchun saylov 28-oktyabrgacha o‘tkazilib, natijasi 31-oktyabrgacha e’lon qilinishini ma’lum qilgandi.

Liz Trass 6-sentyabrda bosh vazirlik kursisiga o‘tirdi. Bir yarim oy o‘tib, 20-oktyabrda iste’fo berdi. Britaniya to‘qnashgan «xalqaro va iqtisodiy beqarorlik» davridagi muammolarni hal etolmagani bilan qarorini izohladi. Xususan, uning hukumati iqtisodiy siyosatdagi xatolari uchun ayovsiz taniqdlarga uchradi.

Boris Jonson Liz Trassning iste’fosidan so‘ng uning lavozimi uchun kurashishdan bosh tortdi. Holbuki, buning aksi bo‘lishi kutilayotgandi.

Liz Trass Rishi Sunakni Konservativ partiya rahbari bo‘lgani bilan tabrikladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring