Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rishtonda o‘qituvchilarga tegishli turar-joy qaytarildi

Rishtonda o‘qituvchilarga tegishli turar-joy qaytarildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Farg‘ona viloyati Rishton tumani Chungara qishlog‘ida joylashgan 44-sonli maktabning bir guruh o‘qituvchilariga turar-joy sifatida foydalanib kelingan binoni qaytarishga yordam berdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar tarqatdi.

«44-sonli maktabning o‘qituvchilari Xalq ta’limi vazirligining «Ustoz ovozi» virtual inspektor tizimiga murojaat qildilar. Ularning murojaatida aytilishicha 10 nafardan ziyod o‘qituvchilar tuman markazidan Chungara qishlog‘iga bolalarni o‘qitish uchun keladilar. Maktab rahbariyati ish kunlarida yashashlari uchun eski maktab binosini ajratgan.

O‘qituvchilarning ta’kidlashicha, qishloq aholisidan biri o‘zboshimchalik bilan ushbu binoni egallab olgan.

Xalq ta’limi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati mutaxassislari murojaatni o‘rganib chiqdilar va o‘qituvchilar foydalanishida binoni qaytarib olish uchun tegishli choralar ko‘rdilar.

44-sonli maktabning o‘qituvchilari Xalq ta’limi vazirligiga minnatdorchilik bildilar va bolalarni sifatli ta’lim olishlari uchun qo‘llaridan kelgan barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishlarini ta’kidladilar», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring