Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu barcha YouTube-rekordlarni bir boshdan yangilashni boshladi

Ronaldu barcha YouTube-rekordlarni bir boshdan yangilashni boshladi

Foto: YouTube

Futbolda sanoqsiz rekordlar o‘rnatgan Krishtianu Ronaldu YouTube videoxostingida o‘z kanalini (UR Cristiano) ochib, barcha mavjud rekordlarni bir boshdan yangilashni boshladi.

Bir yarim soat ichida uning obunachilari soni 1 milliondan oshdi. Bu mutlaq rekord!

Ronaldu yutub-kanalini iyulda ochgandi. Dastlabki 100 ming obunachini yig‘ishga atigi 55 daqiqa sarfladi, bu xosting tarixidagi eng yaxshi start. 1 million obunachi (oltin ikonka) yig‘ishga esa 1,5 soat kifoya qildi.

Tez orada Krishtianu yashil maydondagi azaliy raqibi Lionel Messini quvib o‘tdi. Messi 12 yil avval ochgan yutub-kanalning 2,35 mln obunchasi bor.

Ushbu xabar yozilayotgan paytda Ronaldu obunchachilari soni 18 millionga yetdi: brilliant ikonka (10 mln obunachi)ni qo‘lga kiritib, qizil brilliant (100 mln obunachi) sari ketmoqda.

Ronalduning yutubida hozircha 19 ta videorolik bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring