Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu hammadan o‘zib ketdi

Ronaldu hammadan o‘zib ketdi

Foto: Trend.az

Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning «Al-Nasr» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Sportico.portali tomonidan e’lon qilingan yillik reytingga ko‘ra, 2023 yilda eng ko‘p maosh olgan sportchiga aylandi.

Ronaldu o‘tgan yili 275 million dollar ishlab topgan bo‘lsa, shundan 215 millioni maosh va mukofot pullaridan, 60 million dollari esa turli homiylik shartnomalaridan tushgan. Reytingda ikkinchi o‘rinni ispaniyalik golfchi Jon Ram (203 million dollar), uchinchi o‘rinni argentinalik futbolchi Lionel Messi (130 million dollar) egalladi.

Ronaldu 2022 yilda 115 million dollar daromad bilan uchinchi o‘rinni egallagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring