Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldudan murabbiy chiqadimi?

Ronaldudan murabbiy chiqadimi?

Foto: Carmen Jaspersen/Reuters

Portugaliya terma jamoasi va «An-Nasr» futbolchisi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shug‘ullanadimi? A Bola bunga aniqlik kiritdi.

«Kelgusida qandaydir jamoani boshqarishimni hozir tasavvur ham qilolmayman. Futbol bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlarda o‘zimni ko‘proq ko‘ryapman. Biroq bizni kelajakda nimalar kutayotgani faqat Yaratganga ayon», — dedi u.

«Manchester Yunayted»dan (bosh murabbiy Erik ten Xag bilan ziddiyatli munosabatlar tufayli) ketgan Ronaldu 2023-yilning 2-yanvarida yillik €200 mln maosh evaziga «An-Nasr» (Saudiya Arabistoni)ga o‘tgandi. Bundan tashqari, o‘zi va oilasi uchun qo‘shimcha bonuslarga ega.

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan 2016-yilda Yevropa chempioni bo‘lgan. To‘qqiz yil «Real Madrid», uch yil «Yuventus» sharafini himoya qilgan. Faoliyati davomida besh marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan, besh marotaba Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring