«Ronalduning qaytishi xato bo‘lgandi» : sobiq murabbiy tan oldi
«Manchester Yunayted«ning sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni jamoaga qaytarish xato bo‘lganini tan oldi.
«Bu barchamiz uchun noto‘g‘ri tanlov bo‘lgandi, ehtimol. Ammo o‘shanda biz buni to‘g‘ri qaror deb bilgandik. Kiran Makkenna (Sulsherning o‘sha paytdagi yordamchisi) darhol aytgandi: Biz qanday himoyalanamiz?», deya Sulsherning so‘zlarini keltiradi NRK.
Ronaldu 2021-yilning yozida «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga qaytgan va 2022-yilning noyabrigacha o‘ynagan. Bir yarim mavsum davomida portugaliyalik 54 ta o‘yin o‘tkazib, 27 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bungacha Ronaldu 2003-yildan 2009-yilgacha mankunianliklar safida o‘ynagan edi.
2023-yilning yanvarida Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter