Rossiya AQSh diplomatlariga bir hafta muhlat berdi

AQSh elchisi Liz Treysi amerikalik diplomatlar Sillin va Bernshteynning faoliyati munosabati bilan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.
Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, ular AQSh ma’lumot berishda ayblangan Shonov bilan aloqada bo‘lgan. Robert Shonov AQSh konsulxonasining sobiq xodimi bo‘lib, josuslikda ayblangan.
Diplomatlarning ikkalasi ham persona non grata deb e’lon qilingan va yetti kun ichida mamlakatni tark etishi kerak.
AQSh tomoni hozircha bu qarorga javob berganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter