Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya bir kunda 10 million dollarlik gazni shunchaki yoqib yuboryapti

Rossiya bir kunda 10 million dollarlik gazni shunchaki yoqib yuboryapti

Illyustrativ foto

Rossiya sanksiyalar oqibatida «Shimoliy oqim» orqali Yevropaga sotolmagan gazini yoqib yuboryapti. Bu haqda Rystad Energy kompaniyasi tahlilchilariga asoslanib BBC xabar berdi.

Bir kunda taxminan 4,34 mln kubometr gaz yoqib yuborilyapti — hozirgi narxlarda bu $10 mln atrofida, deyiladi Rystad Energy tahlilida.

BBC yozishicha, gaz ochiq usulda Leningrad viloyatidagi Portovaya kompressor stansiyasida yoqilmoqda. Ulkan gaz gulxani qo‘shni Finlyandiyaning chegara hududlarida yashovchilar hamda Yerning sun’iy yo‘ldoshida ham ko‘rinmoqda.

Sun’iy yo‘ldoshdan olingan surat.

Ko‘p miqdorda issiq va yonishdan qolgan chiqindilarning havoga ajralishi mintaqa ekologiyasiga salbiy ta’sir qilishi, hatto Arktika muzliklari erishiga ta’sir qilishi mumkin, xavotirlanishmoqda olimlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring