Rossiya ikki mamlakatga gaz yetkazib berishni butunlay to‘xtatdi

Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi «Bulgargaz» (Bolgariya) va PGNiG (Polsha) kompaniyalariga gazni rublda to‘lamaganligi sababli mahsulot yetkazib berishni butunlay to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga, shuningdek, Markaziy bank va «Gazprom»ga 31-martgacha gazga haq undirishning yangi tartibini belgilashni topshirgandi. Unga ko‘ra «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlar gaz uchun to‘lovni rublda to‘lashi shart qilib qo‘yilgan.
Ammo G7 mamlakatlari Putinning ushbu talabini yaxshi kutib olmagandi.
«Gazprom» gaz uchun to‘lov rublda amalga oshirilmaguncha Polsha va Bolgariyaga yetkazib berish to‘xtashini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter