Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya KXDR harbiylari ishtirokida keng ko‘lamli qarshi hujumga tayyorlanyapti – NYT

Rossiya KXDR harbiylari ishtirokida keng ko‘lamli qarshi hujumga tayyorlanyapti – NYT

Rossiya armiyasi Kursk viloyatida olib boradigan qarshi hujum uchun 50 ming kishigacha bo‘lgan guruhni to‘pladi, deb yozmoqda New York Times nashri Amerika va Ukraina rasmiylariga tayanib. Nashrga ko‘ra, yaqin kunlarda boshlanishi mumkin bo‘lgan operatsiyadan maqsad butun Kursk viloyati ustidan nazoratni tiklash bo‘ladi.

«KXDR harbiylarining ushbu hujumda ishtirok etishi Kursk g‘arbida Rossiya armiyasi bilan qo‘shma mashg‘ulotlardan dalolat beradi», – deya xabar bermoqda ukrainalik manbalar.

G‘arb va Ukraina rasmiylari Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Kursk viloyatiga kelishini «katta eskalatsiya» deb atamoqda.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Kursk viloyatidagi janglarga 10 mingdan ortiq askarini yuborgan. Pentagondagilarning bildirishicha, KXDR harbiylari rus kiyimida va Moskva tomonidan qurollantirilgan, ammo o‘zlarining alohida bo‘linmalarida jang qilishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring