Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Moskvadagi teraktda Ukrainani rasman aybladi

Rossiya Moskvadagi teraktda Ukrainani rasman aybladi

Rossiya TIV mamlakat vakolatli organlari tomonidan olib borilgan tergov harakatlari so‘nggi terakt izlari Ukrainaga olib borganini aytmoqda.

«22-mart kuni Krasnogorsk shahrida sodir etilgan va butun dunyoni larzaga keltirgan qonli terrorchilik harakati so‘nggi paytlarda mamlakatimizga qarshi sodir etilgan birinchi terakt emas. Rossiya vakolatli organlari tomonidan olib borilgan tergov harakatlari shuni ko‘rsatadiki, bu jinoyatlarning barchasi izlari saqlanib qolgan va u Ukrainaga olib boradi», – deydi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.

Shuningdek, Rossiya Ukrainadan terrorizmni qo‘llab-quvvatlashni zudlik bilan to‘xtatishni, jinoyatchilarni topshirishni va jabrlanganlarga tovon to‘lashni talab qilmoqda. Diplomatik idoraga ko‘ra, terrorizmga qarshi konvensiyalarni buzish Kiyev uchun javobgarlikka sabab bo‘ladi.

«Xalqaro terrorizmga qarshi kurash har bir davlatning mas’uliyati. Rossiya tomoni Kiyev rejimidan terrorchilik faoliyatini har qanday qo‘llab-quvvatlashni zudlik bilan to‘xtatishni, aybdorlarni topshirishni va jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplashni talab qiladi», – deya ta’kidlanadi TIV bayonotida.

Rossiya tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Rossiya Ukrainaga so‘nggi teraktlarda ishtirok etgan barcha shaxslarni, jumladan, Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyukni zudlik bilan hibsga olish va ekstraditsiya qilish talablarini yetkazgan.

«Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukraina hukumatiga Terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiya va Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya doirasida ushbu portlashlarga aloqador barcha shaxslarni zudlik bilan hibsga olish va ekstraditsiya qilish talablarini taqdim etdi. Ushbu talablar orasida 25-mart kuni Ukraina 2022-yil oktyabr oyida Qrim ko‘prigidagi portlashni uyushtirganini va Rossiya Federatsiyasiga boshqa hujumlar uyushtirish tafsilotlarini oshkor qilishi orqali  tan olgan rahbari Vasiliy Malyukning hibsga olinishi ham bor», – deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring