Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya O‘zbekistonda 8 milliard dollarlik loyihalarni moliyalashtiradi

Rossiya O‘zbekistonda 8 milliard dollarlik loyihalarni moliyalashtiradi

Foto: «Metrotashkent.narod.ru»

Rossiya taraqqiyot korporatsiyasi O‘zbekiston bilan kamida 8 milliard dollarlik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda davlat rivojlanish korporatsiyasi raisi Igor Shuvalovning Federatsiya Kengashida so‘zlagan nutqiga tayanib TASS xabar bermoqda.

«Hozir biz (O‘zbekiston bilan) kamida 8 milliard dollarlik loyihalarni ko‘rib chiqmoqdamiz, ularni rivojlanish korparatsiyasi hisobidan qo‘llab-quvvatlaymiz. Takliflar ko‘paymoqda, aloqalar kengayishda davom etmoqda. Ko‘proq mablag‘ talab etiladi. O‘zbekistondagi hamkasblarimiz tomonidan ham ijobiy munosabatni ko‘rib turibmiz», — dedi u.

Uning ta’kidlashicha, so‘nggi besh yil ichida O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha vaziyat tubdan o‘zgargan. Davlat rahbarlari o‘rtasida yaxshi munosabatlar mavjud, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqni qo‘llab-quvvatlash zarurligiga ishora bor.

«Yaqinda Toshkentdagi Innoprom doirasida biz bir nechta muhim shartnomalarni imzoladik. Toshkentda metallurgiya zavodining ishlayotganiga guvoh bo‘ldik. Biz Toshkent metropolitenining ehtiyojlari uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan harakatlanuvchi tarkibni yetkazib beramiz. Fuqarolarga qulaylik va xavfsizlik yaratiladi. O‘zbekistonda yirik mis va oltin konlarini o‘zlashtirish uchun uskunalar va texnologiyalarni yetkazib berishda ishtirok etamiz», — deydi Shuvalov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring