Rossiya qachongacha urusha oladi? NATO vakili izoh berdi

NATOga ko‘ra, Kremlning iqtisodiy imkoniyatlari unga urushni hozirgi shiddatda kamida 2027 yilgacha davom ettirish imkonini beradi.
Ayni paytda NATO Rossiya allaqachon harbiy ishlab chiqarish cho‘qqisiga chiqqani va uning hajmini yanada oshirish imkoniyatiga ega emas, deb hisoblaydi.
Shu bilan birga, AQShning diplomatik sa’y-harakatlari tomonlarni haligacha tinchlikka yaqinlashtirgani yo‘q, chunki Vladimir Putinni faqat Rossiyaga foyda keltiradigan qisqa muddatli kelishuvlar qiziqtiradi, dedi NATOning yuqori martabali vakili Gaagadagi alyans sammitida.
NATO vakillarining fikricha, Vladimir Putin Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonayotganiga o‘zini ishontirmoqda.
Alyans rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, ular buni Kreml olayotgan noto‘g‘ri razvedka ma’lumotlari bilan bog‘liq, deb hisoblamoqda.
Ismini ochiqlamagan NATO amaldori Ukraina bir qancha vaqtdan beri o‘z jangovar bo‘linmalarini kadrlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq muammolar borligini va davom etayotganini tan oldi. Bu haqda Putin ham o‘z chiqishlarida tez-tez gapiradi.
"Bu qanchalik muhim - barchasi Ukraina bu borada nima qilishiga bog‘liq. Ular nimadir qilishlari kerak", - dedi manba.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter