Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Ukrainada qancha qurbon bergani ochiqlandi

Rossiya Ukrainada qancha qurbon bergani ochiqlandi

Foto: AP

Ukraina bosqini boshlanganidan buyon o‘tgan ikki yarim yil muddat ichida jang maydonida Rossiyaning 120 ming nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi, deya xabar berdi «Meduza».

«Meduza» nashri Rossiya meros reyestri va jamoat hukmiga havola qilingan ta’ziya xatlariga tayangan holda halok bo‘lgan askarlarni hisoblashning maxsus uslubini ishlab chiqqan.  

Ushbu hisob-kitobga ko‘ra, Rossiya armiyasi Ukraina urushida har kuni 200-250 askaridan ayrilmoqda.

Faol jangovar harakatlar sharoitida, tomonlar ma’lumotlarni oshkor etmayotgan muhitda urushda qancha askar halok bo‘lganini aniq ko‘rsatish qiyin. Moskva ham, Kiyev ham o‘z yo‘qotishlari to‘g‘risida oz raqamlarni keltirmoqda. Ammo bu borada uchinchi tomon rasmiylari va ommaviy axborot vositalari turli raqamlarni aytib keladi.

Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols prezident Putinning imperiyachilik vasvasasi sabab Rossiya har oyda 24 ming askar qurbon berayotgani haqida gapirgandi.

2024 yil aprel oyida Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Rossiyaning ehtimoliy yo‘qotishlarini 450 ming deb baholagan.

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Byorns joriy yil yanvar oyida Ukraina urushida 315 ming rus askari halok bo‘lgani haqida bayonot bergan.

«The New York Times» gazetasi 2023 yil avgust oyida yozishicha, qirg‘inbarotda Rossiyat tomonidan 120 ming kishi halok bo‘lgan va 170-180 ming kishi yaralangan. Ukraina esa 70 ming nafargacha askarini yo‘qotgan, 100-120 ming kishi jarohatlangan.

2024 yil fevral oyida prezident Vladimir Zelenskiy urushda 31 ming ukrain askari halok bo‘lganini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring