Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya va Isroil munosabatlari chigallashib bormoqda

Rossiya va Isroil munosabatlari chigallashib bormoqda

Isroil elchisi Simone Halperin Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga keldi. Diplomat ayrim qabul qilib bo‘lmaydigan bayonotlari tufayli departamentga chaqirilgan, deb yozadi «RIA Novosti».

«Elchining mashinasi hozirgina Rossiya Tashqi ishlar vazirligi binosiga yetib keldi», — deyiladi bugungi xabarda.

Bungacha vazirlik Isroil elchisining Rossiya tashqi siyosatidagi yondashuvlari va tarixiy voqelikni buzib ko‘rsatuvchi bayonotlar bilan chiqqanini qayd etgan edi. Departament bu bayonotlarni diplomatik missiyaning «o‘ta muvaffaqiyatsiz» boshlanishi deb hisobladi.

Bir kun avval «Kommersant» gazetasiga bergan intervyusida Simona Xalperin Rossiyaning Yaqin Sharqdagi siyosatidan noroziligini bildirdi. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbariyati, jumladan, prezidentlar darajasida ham mamlakat xavfsizligi Rossiya Federatsiyasining strategik manfaatlaridan biri ekanligini bir necha bor ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, G‘azo muammosida Rossiya ko‘proq Falastin tomonida turgani rasmiy Tel-Aviv xush kelmayapti. Hatto HAMAS vakillari ikki marta Moskvaga tashrif buyurdi. Isroil esa bunga keskin norozilik bildirdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring