Rossiyada 13 nafar o‘zbekistonlik YTHda jarohatlandi
Rossiyaning Volgograd viloyatida O‘zbekison fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 13 nafar yo‘lovchi jarohat oldi. Bu haqda Rossiya IIV viloyat boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Moskva vaqti bilan soat 07:15 da Moksva—Volgograd avtomobil yo‘lining 923-kilometrida «Gazel» markali avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan.
«Salonda 14 yo‘lovchi bo‘lgan — ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari», — deyiladi xabarda. YTH oqibatida 13 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter