Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada 24-mart motam kuni deb e’lon qilindi

Rossiyada 24-mart motam kuni deb e’lon qilindi

Rossiya prezidentining «Krokus Siti Xoll»da kecha tunda sodir etilgan terakt yuzasidan rossiyaliklarga telemurojaati boshlandi.

Putin mazkur hodisani «qonli terakt» deb atadi.

U, shuningdek, jabrlanganlarga shifokorlar tomonidan yetarlicha yordam ko‘rsatilishiga ishonishini bildirib, shifokorlarga hamda terakt paytida jabrlanganlarga yordam bergan boshqa fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, mamlakat bo‘ylab 24-martni motam kuni deb e’lon qildi.

«Teraktda qurbon bo‘lganlarning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiraman.

Hozirda Moskva va boshqa hududlarda keng miqyosli antiterror amaliyotlari olib borilyapti. Terakt sodir etgan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular Ukraina tomonga qochib yashirinishga uringan.

Asosiysi, Krokus qirg‘ini ortida turganlarning yangi jinoyatlar sodir etishiga yo‘l qo‘ymaslik», – dedi Putin.

Putin, shu bilan birga, Ukraina tomonida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, terakt ishtirokchilari chegarani kesib o‘tishlari uchun «yo‘lak» tayyorlaganini ta’kidlaydi.

«Rossiya Federatsiyasi Krokusdagi teraktni tayyorlaganlarning barchasini aniqlaydi va jazolaydi», – dedi Putin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring