Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada hamyurtimizning boshiga g‘isht tushib ketdi

Rossiyada hamyurtimizning boshiga g‘isht tushib ketdi

foto: xabar.uz

Rossiyada qurilish maydonida o‘zbekistonlik ishchilardan birining boshiga 15 qavatdan g‘isht tushib ketdi.

Hodisa Sankt-Peterburg viloyatining Pushkinskiy tumanidagi Shushari posyolkasida hududidagi Shkolnaya ko‘chasida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea 11 fevral kuni soat 11:18 da sodir bo‘lganligini ma’lum qilgan.

Marhum 44 yoshli erkak bo‘lgan. U 3 fevral kuni Rossiyaga ishlash maqsadida borgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa qurilish materiallarini ko‘tarish vaqtida sodir bo‘lgan. Erkak olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring