Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada o‘zbekistonlik MMA jangchisi qidirilmoqda

Rossiyada o‘zbekistonlik MMA jangchisi qidirilmoqda

Rossiyaning Peterburg shahrida politsiyachiga hujum qilgan va hibsga olinganidan so‘ng departamentdan qochib ketgan O‘zbekiston fuqarosi qidirilmoqda, deb xabar berdi «Interfaks».

Qayd etilishicha, 8 dekabr, chorshanba kuni o‘zbekistonlik MMA jangchisi «E» markazi tezkor xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, ulardan birini urgan. Politsiya uni ushlab, bo‘limga olib borgan, ammo ertasi kuni u qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Rossiya IIV Bosh boshqarmasi xabar berishicha, politsiya RF Jinoyat kodeksining 327 (soxta hujjatlarni tayyorlash) va 318-moddalari (hukumat vakiliga kuch ishlatish) bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan shaxsni qidirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring