Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada sudlangan shaxs Samarqandda ham bir kishining umriga zomin bo‘ldi

Rossiyada sudlangan shaxs Samarqandda ham bir kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto:«Tergov.uz»

13-mart kuni 46 yoshli Baxtiyor R. mast holatda bo‘la turib, Samarqand shahrida joylashgan yashash xonadoniga tanishi 48 yoshli Alidjan M.ni  spirtli ichimlik iste’mol qilishni taklif qilgan. So‘ng ular o‘zaro janjallashib qolishgan. Oqibatda  Baxtiyor R. qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan sherigining ko‘krak qismiga bir marotaba urib, jarohat yetkazgan.

O‘tkazilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Alidjan M., shifoxonada vafot etgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Baxtiyor R., muqaddam Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qotillik jinoyati) bilan sudlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Baxtiyor R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring