Rossiyada safarbarlikdan kechiktiriladiganlar ro‘yxatini kengaytirishmoqchi
Rossiya raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi qisman safarbarlikdan kechiktiriladigan mutaxassislar ro‘yxatini kengaytirmoqchi. Bu haqda vazirlik rahbari Maksut Shadayev ma’lum qildi.
«Erta-indin (6-7-oktyabr) biz safarbarlikdan kechiktiriladigan IT va telekom-kompaniyalar mutaxassislari ro‘yxatini kengaytiramiz», — dedi Shadayev.
Ta’kidlanishicha, vazirlik OTM va maktablardagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish fanlari o‘qituvchilari uchun ham «mobilizatsiya»ni kechiktirish harakatida.
Kecha 5-oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan aspirantlar va rezidentlar uchun safarbarlikni kechiktirish bo‘yicha hujjatni imzolagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter