Rossiyada yoshlik chegarasini 38 gacha ko‘tarishmoqchi
Rossiyada yaqin yillarda yoshlik chegarasini 38 yoshgacha ko‘tarishmoqchi. Bu haqda Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) rahbari Valeriy Fyodorovga asoslanib TASS xabar berdi.
Fyodorovga ko‘ra, «yoshlik chegarasi» uncha yosh bo‘lmaganlarga tasalli berish uchungina emas, balki yordam choralarini kattaroq yoshlilarga ham tatbiq etish maqsadida kengaytiriladi. U davlatning imtiyozli dasturlarini ko‘zda tutgan.
Hozir eng muhim maqsadlarimizdan biri — mamlakatda umr ko‘rishni uzaytirishdir, ta’kidladi Fyodorov.
Rossiyada oxirgi marta yoshlarning yoshini 2020-yilda 35 yoshgacha qilib oshirishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter