Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadan o‘n ming dollardan ko‘p naqd pul olib chiqish taqiqlandi

Rossiyadan o‘n ming dollardan ko‘p naqd pul olib chiqish taqiqlandi

Foto: Xabar.uz

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 martdan boshlab mamlakatdan 10 ming dollardan ortiq naqd xorijiy valyutani olib chiqishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Farmon «Rossiya Federatsiyasining moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha vaqtinchalik iqtisodiy chora-tadbirlar to‘g‘risida» deya nomlangan. 

Kreml matbuot xizmati bayonotiga ko‘ra, 10 ming AQSh dollari ekvivalentidan ortiq va Markaziy bankning rasmiy kursi bo‘yicha hisoblangan naqd xorijiy valyutani mamlakatdan olib chiqish taqiqlanadi. 

Avvalroq, AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya samolyotlari AQShga qo‘yilmasligini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring