Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik 19-qavatdan tushib ketdi. So‘ng o‘rnidan turib, shifokorlarga qo‘shiq aytdi (video)

Rossiyalik 19-qavatdan tushib ketdi. So‘ng o‘rnidan turib, shifokorlarga qo‘shiq aytdi (video)

Rossiyaning Voronej shahrida yashovchi shaxs 19-qavatdan yiqilib, o‘rnidan turib, shifokorlarga «Muhabbat tushga o‘xshaydi» qo‘shig‘ini kuyladi.

Ma’lum qilinishicha, mast erkak turar-joy majmuasi derazalari ostida to‘xtab turgan mashina ustiga tushishga muvaffaq bo‘lgan.

Hodisa joyiga kelgan shifokorlar bunday balandlikdan yiqilib omon qolgan odamni ko‘rib hayron qolishgan.

«1-sonli tez tibbiy yordam shifoxonasining ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan. Vaziyat qoniqarli», — deyiladi hudud sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring