Rossiyalik deputat: «Sibir – o‘zbeklarning tarixiy yerlari»

XMAO (Xanti-Mansiy avtonom okrugi) dumasi deputati Xalid Tagizode Sibirning bir qismi – Tyumen viloyati va Yugra hududlarini o‘zbeklarning tarixiy yerlari deb atadi.
Uning aytishicha, mazkur hududlar bir vaqtlar Sibir xonligi tarkibida bo‘lgan va so‘nggi hukmdori Xon Quchqum Shayboniylar sulolasidan chiqqan. Deputat bu sulolani Buxoro xonligiga mansub o‘zbeklar sulolasi sifatida ta’riflab, shunday dedi:
«Balki bu migrantlar o‘z tarixiy vataniga qaytayotgandir».
Ushbu bayonot Yugra hukumati majlisida yangragan va tezda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Ko‘plab yugraliklar bu fikrni tanqid qilib, tarixiy ma’lumotlarni tahrirlashga urinish sifatida baholashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter