Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik o‘smir uxlab yotgan boshpanasiz odamni yoqib yubordi

Rossiyalik o‘smir uxlab yotgan boshpanasiz odamni yoqib yubordi

Saxalin viloyatida 16 yoshli o‘smir uxlab yotgan uysiz odamga o‘t qo‘yishi oqibatida uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. O‘smirga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda Tergov qo‘mitasining rasmiy vakili ma’lum qildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 7 yanvarga o‘tar kechasi ayblanuvchi mast holda doimiy yashash joyi bo‘lmagan 46 yoshli erkak bilan janjallashib qolgan. Shundan so‘ng, uysiz erkak yotoqxona yo‘lagida uxlab qolgan, o‘smir esa plastik qadoqlarni yoqib, jabrlanuvchining tanasi ustiga tashlagan. Natijada uysizning kiyimi yonib ketgan va hodisa joyida halok bo‘lgan.

O‘smir RF JKning 105-moddasi bilan ayblanmoqda. Hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasi hal qilinayotgani aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring