Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik serjant tinch aholi vakilini o‘ldirganini tan oldi

Rossiyalik serjant tinch aholi vakilini o‘ldirganini tan oldi

Foto: VVS

Rossiya askari Vadim Shishimarin Ukrainaning Sumi viloyatida qurolsiz tinch aholi vakilini o‘ldirganlikda qo‘yilgan ayblovlarni tan oldi, deb xabar bermoqda «BBC».

Shishimarin Ukrainadagi harbiy jinoyatlarda ayblanib sudga tortilgan birinchi rossiyalik harbiydir. U urush qonunlarini buzish, qasddan odam o‘ldirish kabi moddalar bo‘yicha ayblanmoqda. Unga 10 yildan 15 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.

Ukraina Bosh prokuraturasiga ko‘ra, 28 fevral kuni Shishimarin Chupaxivka qishlog‘ida yashovchi 62 yoshli fuqaroni o‘ldirgan. Taqdim etilgan videoga ko‘ra, askar rus harbiylari karvoni o‘qqa tutilgach, hamkasblari bilan shaxsiy avtomobilni tortib olganini aytadi. Keyin, uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar yo‘lda tinch aholi vakilining telefonda gaplashayotganini ko‘rishgan. Shishimaringa o‘q uzish buyurilgan va u bu ishni qilgan.

21 yoshli Vadim Shishimarin Irkutskda tug‘ilgan va Moskva viloyatida harbiy xizmatda bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring