Ruminiyadagi prezident saylovining 1-turida Simionning qo‘li baland keldi

Ruminiyada yakshanba kuni takroran o‘tkazilgan prezidentlik saylovining birinchi turida Jorje Simion eng ko‘p — 40,5 foiz ovoz to‘pladi.
39 yoshli Jorje Simion — «Ruminlar birlashishi uchun alyansi»ning yetakchisi, millatchi hamda Trampning muxlisi.
Simion g‘alaba qozonsa, Rossiyaga yon bosgani uchun oldingi saylov natijasi bekor qilingan Kelin Jorjeskuni hukumatga qaytarishi mumkinligini aytdi. U Ukrainaga yordamlashishga qarshi, ammo Rossiya tomonida emasligini ham ta’kidlab keladi, Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralab, Putinni harbiy jinoyatchi deb atagan.
18-may kuni o‘tkaziladigan ikkinchi turda g‘oliblik uchun kurash Jorje Simion hamda Buxarest meri, markazchi Nikushor Dan o‘rtasida kechadi.
Hukmron koalitsiya nomzodi Krin Antonerusku saylovda uchinchi natijani ko‘rsatdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter