Rustam Assakalov jahon chempionini taslim etdi
Yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalov Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarini g‘alaba bilan boshladi. -87 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan polvonimizga gruziyalik kurashchi raqiblik qildi.
2019-yil -82 kg vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Lasha Gobadzega qarshi kechgan bellashuvda Assakalov hisobda orqada qolayotganiga qaramay o‘zida iroda namoyish eta oldi va yakunda g‘alabani ilib ketdi. Endi u keyingi davrani Xorvatiya va AQSh vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter