Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Said Ahmad va Saida Zunnunova haqida yangi film. Kasting davom etmoqda

Said Ahmad va Saida Zunnunova haqida yangi film. Kasting davom etmoqda

Foto: «O‘zbekkino» MA

«O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasi bilan taniqli yozuvchilar va zamondoshlarimiz hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan «Said va Saida» nomli badiiy film ishlab chiqarishga tushirilgan edi.

Foto: «O‘zbekkino» MA

Agentlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, «Cinema-servis» MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan ushbu badiiy film ssenariysi muallifi — Nodira Husanxo‘jayeva, postanovkachi rejissyor — Nozim Abbosov.

Foto: «O‘zbekkino» MA

Filmda yozuvchi Said Ahmadning tuhmat bilan qamalishi, qatag‘on qilinishi hamda rafiqasi Saida Zunnunovaning sadoqati bilan bog‘liq voqealar, ularning o‘zaro yozishmalari bilan bog‘liq hayotiy voqealar aks ettiriladi.

Hozir ijodiy guruh filmni suratga olishga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborishgan, filmdagi bosh rollarni ijro etadigan aktyorlar uchun kino-sinovlar o‘tkazilmoqda.

Caption

Filmni tasvirga olish ishlari joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring