Saida Mirziyoyeva giyohvandlikka qarshi keskin kurash e’lon qildi
Saida Mirziyoyeva kuch tuzilmalari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
Qat’iy va doimiy nazoratni talab qiladigan yana bir muhim masala - giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish ekani ma’lum qilindi.
Bugun Prezident Administratsiyasida kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi. Narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yildi.
«Jamiyatda, birinchi navbatda yoshlar orasida giyohvand moddalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash davlatning bevosita burchidir. Bu yo‘nalishdagi har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga qat’iy ravishda chek qo‘yilishi shart», deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter