Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yig‘ilishidan keyin Samarqand XTB rahbari ishdan ketdi

Prezident yig‘ilishidan keyin Samarqand XTB rahbari ishdan ketdi

Shokir Sultonov

Prezidentning xalq ta’limiga oid yig‘ilishidan keyin Samarqand xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Shodiyeva ishdan ketgan.

Uning o‘rniga Shokir Sultonov boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan, deya xabar berdi boshqarma matbuot xizmati.

Tayinlovga qadar Shokir Sultonov Paxtachi tumani Xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Prezident xalq ta’limiga oid tanqidiy yig‘ilish o‘tkazib, ko‘p viloyatlar hokimlarini so‘nggi marta ogohlantirgandi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring