Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand – 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti

Samarqand – 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti

2025-yilda «Islom dunyosi madaniyat poytaxti» deb e’lon qilingan Samarqand shahri 26–27- may kunlari ushbu maqom doirasidagi tadbirlarga mezbonlik qilmoqda.

Tadbirlarda ICESCO (AYSESKO)ga a’zo 20 dan ortiq davlatdan mehmonlar qatnashmoqda. Unda xalqaro forumlar, ma’naviy meros, xattotlik, musiqa va she’riyatga bag‘ishlangan yig‘ilishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

27-may kuni «Boqiy shahar» majmuasida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda mehmonlar boqiy shaharning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishmoqda.

O‘zbekiston ICESCO bilan hamkorlikda 2007-yilda Toshkent, 2020-yilda Buxoro va 2021-yilda Xivada yirik madaniy tadbirlar o‘tkazgan. 2023-yilda Doha shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiyada Samarqand 2025-yil uchun madaniyat poytaxti sifatida tan olindi.

Ma’lumot uchun: ICESCO — Islom fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkilot bo‘lib, 54 davlat a’zoligida faoliyat yuritadi.

ICESCO amalda YuNESKO funksiyalariga o‘xshash vazifalarni bajaradi. Tashkilot madaniy merosni asrash, tarixiy-me’moriy obidalar va yodgorliklarni qayta tiklash, muzeylar va ko‘lyozmalarni ta’mirlash, ilmiy tadqiqot tadbirlari, jumladan, konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini o‘tkazib keladi.
Shuningdek, har yili a’zo davlatlarning ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, atrof-muhit, madaniyat vazirlari yig‘ilishlari o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring