Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi qo‘lga olindi

Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi qo‘lga olindi

Illyustrativ foto.

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo‘shrabot tumani bo‘limlari tomonidan 2022-yil 9 iyun kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi S.M. fuqaro N.ni 4 000 AQSh dollari evaziga ushbu universitet qoshidagi «O‘zbekiston-Finlyandiya» pedagogika institutiga «Tasviriy san’at va chizmachilik» yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yishga kelishib, shundan 2 000 AQSh dollarini joriy yil 7 iyun kuni qo‘lga kiritib, qolgan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir davomida S.M. o‘z aybiga iqror bo‘lib, N.dan olgan 2 000 AQSh dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.M. va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi N.R. fuqaro D.ni tanishlari yordamida ushbu universitetga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan boshqarma ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Bo‘ston tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori A.A. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro O. ni o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring