Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslariga jinoyat ishi ochildi

Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslariga jinoyat ishi ochildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, 2017-2019 yillarda manzilli Dastur ijrosi yuzasidan «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJga «O‘zelektroapparat-Elektroshit» AJ va «Toshelektroapparat» MChJdan elektrotexnik jihozlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali maqbul (optimal) narxlarda sotib olishga ruxsat berilganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Biroq, jamiyat mansabdor shaxslari elektrotexnik jihozlarni sotib olish haqida boshqa MChJlar bilan shartnomalar tuzishib, 5,4 mlrd so‘m budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bundan tashqari, jamiyat mansabdorlari tomonidan «O‘zelektroapparat-Elektroshit» AJ va «Toshelektroapparat» MChJlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilingan transformator podstansiyalarining narxlariga nisbatan transformator podstansiyalarini 1,3 mlrd so‘mga boshqa korxonadan qimmat narxda sotib olinib, davlat va jamoat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan «Samarqand HETK» AJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring