Samarqand shahridagi avtobuslarda elektron to‘lov joriy etildi

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand shahridagi avtobuslarda yangi to‘lov turi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «Zarafshon» nashri xabar berdi.
Hozircha 6, 12, 14, 32, 41, 61, 67, 71-yo‘nalishlarida qatnovchi 70 ta avtobusda sinov tariqasida yo‘l kira maxsus plastik karta orqali to‘lanmoqda.
Bunda manziliga yetgan yo‘lovchi avtobus eshigi oldiga o‘rnatilgan «Validatori» maxsus apparatiga plastik kartasini tekkizib, tushib ketaveradi. Maxsus plastik kartalar Samarqand shahridagi jeton sotish shoxobchalarida sotilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter