Samarqandda 2,1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Kattaqo‘rg‘on tumanida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “M.A.” fermer xo‘jaligi rahbari G.R. tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter